Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

SSKA Fayzullayev transferi uchun pulni kutmoqda

SSKA Fayzullayev transferi uchun pulni kutmoqda

SSKA kommunikasiyalar xizmati rahbari Kirill Breydo Abbosbek Fayzullayev transferi haqida gapirdi. Yaqinda "Istanbul Bashakshehir" hujumkor yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.

"Yaqin vaqt ichida "Istanbul Bashakshehir" SSKA bilan transfer uchun to‘liq hisob-kitob qilishi kerak. Biz Abbosga muvaffaqiyatlar va futboldagi orzusini amalga oshirishini tilaymiz," - deb yozdi Breydo telegram-kanalida.

Shuningdek, Breydoning ta’kidlashicha, SSKA Fayzullayev bilan xayrlashganidan so‘ng hujumga yangi futbolchi izlamoqda.

Kiritildi: 23:51 04.08.2025. O'qildi: 1151 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!