Kecha O‘zbekiston MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, tashkilot Bosh kotibi Oybek Kasimov va O‘zbekiston dzyudo federasiyasi raisi Azizjon Kamilov Angliyaga safar uyushtirdi.
Safar davomida delegasiya a’zolari "Manchester Siti" klubi qarorgohiga tashrif buyurishdi. Ushbu klub safida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov to‘p tepadi.
Avvalroq, jamoaga egalik qiluvchi City Football Group'ga qarashli Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi o‘zbekistonlik ikki futbolchi — Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayevni o‘z safiga qo‘shib olgandi.