Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Sportchi Murod Xonto‘rayevni pichoqlaganlar “ishi” tugadi. Murod qora maskalilarni “sotmadi”

Sportchi Murod Xonto‘rayevni pichoqlaganlar “ishi” tugadi. Murod qora maskalilarni “sotmadi”

“Jahon.uz”ning ishonchli manbasi qo‘lga kiritgan, dastlabki tergov organi tomonidan to‘plangan hujjatlar asosida, 2018 yil 25 noyabr kuni, S.Akbarov xavfli residivist bo‘la turib, o‘zining tanishlari bilan bezorilik jinoyatini sodir etish maqsadida, o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, 2018 yil 20 iyun kuni Xonto‘rayev Murod Mahamadusmonovich tomonidan Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida joylashgan “AURUM 898” tungi klubi yonida Teshabayev Furqat To‘lqin o‘g‘lini urib-do‘pposlab tan jarohatini yetkazganligi sababli, undan o‘ch olish maqsadini ko‘zlab jinoyat sodir etish rejasini tuzishgan.

Shayxontohur tumanida joylashgan “Pablo” kafesi yonidagi ofisga kelib, shu yerdagi bilyard xonada bo‘lgan Murod Xonto‘rayev, Ikrom Saidov va Salohiddin Zununovni urib-do‘pposlashib, qo‘llarida bo‘lgan kishining sog‘ligi uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan pichoq, plastmass truba va temir armatura bo‘laklarini namoyish qilib, qo‘llab, M.Xonto‘rayev, I.Saidov va S.Zununovlarga tan jarohati yetkazishganligi aniqlangan.

Bu ish bo‘yicha barcha jinoyatchilar qo‘lga olindi va ularga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

“Jahon.uz”ga taqdim qilingan sud hukmiga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Ergashov Akmal Ergashovich jinoyatchilarning barchasiga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Sud majlisida jabrlanuvchi tariqasida so‘roq qilingan I.Saidov zinapoyadan tushayotgan vaqtida yiqilib tushib hushidan ketgani, o‘ziga kelgan vaqtda uni oldida Milliy gvardiya xodimi turganini ko‘rganlari va qolgan voqealarni eslay olmasligini aytgan. Shuningdek, u sudlanuvchilarga da’vosi yo‘qligini, sudlanuvchilarga qonuniy yengillik berilishini ham qo‘shimcha qilgan.

Sud majlisida jabrlanuvchi tariqasida so‘roq qilingan M.Xonto‘rayev suv ichish uchun xonaning burchak qismiga borgan vaqtida to‘satdan boshi aylanib yerga yiqilib hushini yo‘qotganligini, shundan so‘ng ko‘zini ochsa shifoxonada yotganligini bilganligini, yerga yiqilib hushini yo‘qotganidan so‘ng nima bo‘lganligini bilmasligini, shuning uchun aynan qanday qilib tan jarohati olganligini ham bilmasligini, sudlanuvchilarga da’vosi yo‘qligini, sudlanuvchilarga qonuniy yengillik berishini so‘rab ko‘rsatuv berdi.

Qora maskalilar ofisga kirish jarayonida yerga yotib qolgan avtomashina egasini ham urishgan, ushbu haydovchi ham sudlanuvchilarga da’vosi yo‘qligini, sudlanuvchilarga qonuniy yengillik berishini so‘rab ko‘rsatuv berdi.

Bunday holatda sud, sudlanuvchi S.Akbarov T.Abdulahatov, S.Fatxullayev O.Sadiqov, T.Azizov, J.Saynazarov va S.Vadenovlarni jinoiy harakatlarini O‘zbekiston Respublikasi JK 164-moddasi 4-qismining “v” bandidan JK 104-

moddasi 2-qismining “e,k” bandiga, ya’ni “Bezorilik oqibatida bir guruh bo‘lib, sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish” alomatlariga qayta malakalashni lozim topdi.

Sud, sudlanuvchi Akbarov Sardor Shakirovichni O‘zbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 2-qismining “e,k” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topdi. O‘talmay qolgan jazosini ham qo‘shib, uzil-kesil o‘tash uchun 6 (olti) yil 3 (uch) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Abdulahatov Islomjon Qaxramon o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 2-qismining “e,k” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 6 (olti) yil 3 (uch) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Fatxullayev Saxil Xanlar o‘g‘li ham O‘zbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 2-qismining “e,k” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi hamda 6 (olti) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sodiqov Ozod Raxmatullayevich O‘zbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 2-qismining “e,k” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 6 (olti) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Azizov Toshtemir Baxtiyor o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 2-qismining “e,k” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, Chilonzor tuman sudining 14.09.2018 yildagi hukmi bilan tayinlangan

jazoni o‘talmagan qismini qisman qo‘shish yo‘li bilan T.Azizovga uzil-kesil o‘tash uchun 6 (olti) yil 3 (uch) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Saynazarov Jamshid Burxanovich ham O‘zbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 2-qismining “e,k” bandlari bilan aybli deb topilib, 3 (uch) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Vadenov Sardor Sobirjon o‘g‘li ham O‘zbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 2-qismining “e,k” bandlari bilan ayblanib, uzil-kesil o‘tash uchun 6 (olti) yil 3 (uch) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Daliliy ashyo sifatida olingan Toshkent shahar IIBB xo‘jalik bo‘limiga qarashli saqlash xonasiga topshirilgan “Lacetti” rusumli davlat raqami 01 R 853 XA bo‘lgan avtomashina Xodjayev Abdulaziz Abduvaxadovichga, “Cobalt” rusumli davlat raqami 01 H 717 VA bo‘lgan avtomashina Shamsiyev Malik Umarovichga tegishli tartibda qaytarilishi ham sud hukmida qayd etildi.

Manba: 7news.uz

Kiritildi: 06:00 11.06.2019. O'qildi: 6306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!