Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Spirtli ichimlik sotib pul topish harommi?

Spirtli ichimlik sotib pul topish harommi?

 – Savdoda harom qilingan ishlardan biri shariatda harom qilingan narsalarning savdosidir.

Islom shariatida qiymati yo‘q yoki harom deyilgan narsalarning savdosi bilan shug‘ullanish mutlaqo mumkin emas. Umuman, savdo bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan odam dastlab bu boradagi halol-haromni, mumkin va mumkin bo‘lmagan narsalarni, bu boradagi tijorat odoblarini yaxshilab o‘rganib olishi shart. Shundan keyingina yaxshi niyat bilan ish boshlaydi.

Yaxshi niyat va allohning zikri

– Savdo odoblaridan biri niyatni yaxshilash va Alloh taoloni zikr qilishdir. 

Islomda har bir narsa niyatga bog‘liq ekani ma’lum va mashhur. Shuning uchun ham hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi tijoratda ham yaxshi niyat shartdir. Halol kasb qilish, topgani o‘ziga nasib qilishi, topganini yaxshilikka sarflash, xayr-ehson qilish kabi yaxshi niyatlar qilinsa, ishda va molda baraka bo‘ladi.

Alloh taoloning zikri ibodatdir, shu bilan birga, yomonlikdan to‘suvchi va yaxshilikka undovchi kuchli omildir. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining ba’zi hadislarida bozorga kirganda Alloh taoloning zikrini qilishga undaganlar.

Savdogar o‘ziga va oilasiga halol rizq topish niyatida bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, o‘zidan ortib qolganini muhtojlarga ehson qilish, savobli ishlarga sarflashni maqsad qilishi lozim. Afsuski, ba’zi holatlarda ana shunday yaxshi niyatlar qilish haqida mulohaza qilinmaydi. Yangi ish boshlab, do‘koni oldida turgan savdogarni tanishlari tabriklab, «Muborak bo‘lsin, yangi ish boshlabsiz-da», deyilsa, «Ha, bir-ikkitasi jig‘imga tekkan edi, o‘shalarni sindirishni niyat qilib turibman», deydiganlar ham yo‘q emas.

Manba: islom.uz

Kiritildi: 13:13 14.08.2019. O'qildi: 2553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!