Hukumat qarori (184-son, 17.04.2026 y.) bilan “Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur bo‘lgan tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
📝 Nizomga ko‘ra, bemor bolalarning ota-onalari yashash joylaridagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga bolalarni uy sharoitida davolash to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi.
📑 Arizaga yakuniy tashxis qo‘yilgan tibbiy xulosa, bemor bolalarga tavsiya etilgan zarur tibbiy jihozlar ro‘yxati ilova qilinadi.
⌛️ Ariza hududiy ishchi guruh tomonidan 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
🔗 Hududiy ishchi guruh keyingi yil uchun zarur tibbiy jihozlarga bo‘lgan ehtiyojni har yil 1 iyungacha respublika ishchi guruhiga elektron shaklda taqdim etadi.
⏭️ Respublika ishchi guruhi zarur tibbiy jihozlar ro‘yxatini umumlashtirib, 15 iyungacha Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etadi.
💵 Vazirlik kelgusi yilning 1 iyunigacha uy sharoitida davolanish uchun zarur tibbiy jihozlarni qonunchilikka muvofiq xarid qilish choralarini ko‘radi.
🏣 Tibbiy jihozlar har yili 1 iyulga qadar respublika ishchi guruhi tomonidan taqsimot asosida hududlarga tarqatiladi.
📄 Jihozlar hududiy ishchi guruh tomonidan yetkazib beruvchi tashkilotdan qabul qilib olingandan keyin 10 kun ichida tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari vakili ishtirokida muhtoj bemor bolaning ota-onasi yoki qonuniy vakiliga shartnoma asosida topshiriladi.