Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

“SpaceX” dekabr oyida maxfiy sun’iy yo‘ldosh uchirishni rejalashtirmoqda

“SpaceX” dekabr oyida maxfiy sun’iy yo‘ldosh uchirishni rejalashtirmoqda

Amerikaning “SpaceX” kompaniyasi dekabr oyida o‘z tashuvchi vositalaridan foydalangan holda to‘rtta kosmik kemani orbitaga olib chiqmoqchi.

Bu haqda “Spaceflight Now” xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, 5 dekabr kuni NASA bilan tuzilgan shartnoma asosida “Falcon 9” tashuvchisi “Cargo Dragon” kosmik kemasi bilan Xalqaro kosmik stansiyasiga ekipaj uchun 2,5 tonna oziq-ovqat, uskunalar va ilmiy tajribalar uchun materiallar bilan yuboriladi.

Shundan so‘ng, “SpaceX” Amerikaning “SXM-7” telekommunikasion sun’iy yo‘ldoshi va Turkiyaning “Turksat 5A” aloqa sun’iy yo‘ldoshini kosmosga uchirmoqchi.

Dekabr oyining ikkinchi yarmida esa Amerikaning maxfiy “NROL-108” sun’iy yo‘ldoshini AQSh Milliy Aerokosmik razvedka boshqarmasi manfaati uchun orbitaga chiqarish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 23:00 01.12.2020. O'qildi: 1785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!