Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Sovuq urganda birinchi yordam ko‘rsatishni bilasizmi?

Sovuq urganda birinchi yordam ko‘rsatishni bilasizmi?

Uzoq vaqt sovuq havoda qolish natijasida sovuq urish holatlari kuzatilishi mumkin. Sovuq urishining yengil darajasida sezuvchanlikning pasayishi, terida ko‘karish va pufakchalar paydo bo‘lsa, og‘ir darajasida nekrozlar paydo bo‘ladi. Nekrozlar suyak to‘qimasigacha yetib boradi

Sovuq urishi to‘rt darajaga bo‘linadi. Birinchi darajali sovuq urishda terida oqarish va shish kuzatiladi, uning sezgirligi kamayadi. Ikkinchi darajali sovuq urishning xarakterli belgilari terida yorqin rangli suyuqlik pufaklari paydo bo‘ladi. Uchinchi darajali sovuq urishda terini o‘lishi, qonli suyuqliklarga to‘lgan pufaklar va to‘rtinchi darajali sovuq urishda barcha yumshoq to‘qimalarning o‘lishi kuzatiladi.

Birinchi darajali sovuq urishda tanani shikastlangan yuzasi toza yumshoq moddiy bilan qizarguncha yoki issiqlik sezgunicha ishqalanadi. So‘ng terining sovuq urgan joyi odekalon yoki aroq bilan artiladi va qizdirilgan mikrobni o‘ldiradigan material qo‘yib bog‘lanadi. Sovuq urgan terini qor bilan ishqalash tavsiya etilmaydi, bunda teri shikastlanishi va infeksiyalanishi mumkin.

Terining katta qismini sovuq urib, butun organizm sezilarli yaxlaganda, jarohatlangan kishiga issiq vanna (370S dan yuqori bo‘lmagan) qabul qilish tavsiya etiladi. Bunda bir vaqtda uni massaj va butun tanasini ishqalash kerak. Bu vaqtda jarohatlangan kishiga issiq choy yoki kofe ichirish mumkin. Tananing sovuq urgan yuzasini xona haroratidagi suvga to‘ldirilgan tog‘ora yoki satilga tushirish va suvni haroratini asta-sekin 370S ga yetkazish kerak. Ikkinchi, to‘rtinchi darajali sovuq urganda shikastlangan teri mikroblarni o‘ldiradigan material bilan bog‘lab, jarohatlangan kishini davolash muasasasasiga olib borish mumkin lozim. Og‘ir xollatlarda, agar shikastlangan kishida hayot alomati ko‘zga ko‘rinmasa, sun’iy nafas berish tavsiya etiladi.

Bunda bemorni issiq hududga olib chiqish va o‘rash lozim;

Bemor hushida bo‘lsa, issiq choy berish, og‘riq kuzatilganda og‘riq qoldiruvchi dori berish va hayotiy funksiyalarini nazorat qilish lozim;

Kuchli sovuq urish holatlarida bemorni suvga solish kerak. Bunda suv bemor haroratidan biroz baland bo‘lishi lozim va suv harorati sekinlik bilan 37-38‘ C darajagacha ko‘tarish kerak;

Terida pufakchalar hosil bo‘lgach, turli kompress va malhamlarni qo‘llab bo‘lmaydi. Bunda ikkilamchi infeksiya tushishi mumkin

Sovuq urishi natijasida hosil bo‘lgan nekrozlar jarrohlik amaliyoti yordamida davolanadi.

Kiritildi: 22:06 10.01.2023. O'qildi: 15384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!