Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Sonam Kapur yaqinda ona bo‘ladi

Sonam Kapur yaqinda ona bo‘ladi

36 yoshli Bollivud aktrisasi Sonam Kapur farzand kutmoqda. Taniqli aktyor Anil Kapur va uning xotini Sunita yaqinda bobo va buvi bo‘ladi.

Aktrisa Instagram sahifasiga homiladorligi aks etgan suratini joylab, ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.

«Senga g‘amxo‘rlik qilish uchun to‘rt qo‘l, ikki yurak — yo‘lning har qadamida sen uchun uradi. Seni qo‘llab quvvatlaydigan va muhabbat beradigan bir oila. Sen bilan salomlashishni intiqlik bilan kutmoqdamiz», — deydi Sonam Kapur postida.

Aktrisa 2018 yil taniqli tadbirkor, moda brendi egasi Anand Ahuj bilan turmush qurgan.

Kiritildi: 19:35 25.03.2022. O'qildi: 4474 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!