Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Soliq munosabatlarini tashkil etishda yangicha yondashuv qo‘llanadi

 Soliq munosabatlarini tashkil etishda yangicha yondashuv qo‘llanadi

🔰 Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan “Ochiq byudjet” portalida jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan soliqlar hisobidan amalga oshiriladigan byudjet xarajatlari ma’lumotlarini o‘zida aks ettiruvchi “Jismoniy shaxslarning soliqlari hisobidan xarajatlar” moduli ishga tushiriladi.

📝 Bunda quyidagilar doimiy ravishda e’lon qilib boriladi:

🔹 jismoniy shaxs tomonidan muayyan davrda to‘langan daromad solig‘i, mol-mulk va yer solig‘i to‘g‘risidagi ma’lumot;

🔹 to‘langan soliqlar evaziga Davlat byudjetidan amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

📑 2026 yil 1 yanvardan Namanganda yangi soliq boshqaruvi modelini joriy etish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutgan holda eksperiment o‘tkaziladi:

▪️ jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va (yoki) yer solig‘i bo‘yicha 1 mln so‘mdan oshgan soliq qarzdorligini undirishda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalanishni joriy etish;

▪️ soliq organlari faoliyatini baholashda inson omili ta’sirisiz avtomatik shakllanadigan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini joriy etishni tizimli davom ettirish.

⏭️ 2026 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulklarni ijaraga berishdan olingan daromad bo‘yicha to‘langan soliq to‘liq miqdorda mulk joylashgan tuman (shahar) mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladi.

Kiritildi: 18:28 30.11.2025. O'qildi: 815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!