Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Soxta "Click" kompaniyasi xodimi qo‘lga olindi

Soxta "Click" kompaniyasi xodimi qo‘lga olindi


Toshkent shahrida vaqtincha yashovchi xitoy fuqarosi 29 yoshli N.SH. IIOga murojaat qilib, bank plastik kartasidan jami 110.055.922 miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi X.R. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, gumonlanuvchi X.R., jabrlanuvchi N.SH. bilan telefon orqali tanishib, unga “Slick”dan qo‘ng‘iroq qilayotganligini, bank plastik kartasiga kiberhujum bo‘layotganligini aytib, uni aldab, bank plastik kartasi ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, 110.055.922 so‘m pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan va pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi ma’lum bo‘ldi.
——
Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
————
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi ”b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 14:11 31.07.2024. O'qildi: 881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!