Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sog‘lom ovqatlanish miya qarishini sekinlashtirishi isbotlandi

A A A
Sog‘lom ovqatlanish miya qarishini sekinlashtirishi isbotlandi

Nebraska-Linkoln va Illinoys universiteti qoshidagi Miya, biologiya va xulq-atvor markazi olimlari foydali oziq moddalar miya qarishini sekinlashtirishi mumkinligi haqida dalillarni topdilar.

Tadqiqot natijalari npj Aging jurnalida chop etildi.

Tadqiqotchilar 65-75 yoshdagi 100 nafar sog‘lom odamning jismoniy faolligi, tana hajmi va demografik holati haqida ma’lumot beruvchi so‘rovnomani to‘ldirgan ma’lumotlarni tahlil qildilar. Keyin ozuqaviy biomarkerlarni o‘lchash uchun bir muddat ochlikdan so‘ng ishtirokchilardan plazma namunalari to‘plandi, kognitiv testlar va MRT skanerlarini o‘tkazdilar.

Miya qarishining ikki turi aniqlangan: tezlashtirilgan va kutilganidan sekinroq. Miyaning qarishi sekinroq bo‘lganlar o‘ziga xos ozuqaviy profilga ega edilar: yog kislotalari birikmalari, antioksidantlar va karotenoidlar, shu jumladan sis-lutein, translutein va zeaksantin, YE vitaminining ikki shakli va xolin. Ushbu profil oldingi tadqiqotlarda miyaning sog‘lom qarishi O‘rta yer dengizi parxezi bilan bog‘liq bo‘lganligini yana bir bora tasdiqladi.

Mualliflarning fikriga ko‘ra, keyingi qadam kognitiv funksiya va miya sog‘lig‘iga foydali ta’sir ko‘rsatadigan o‘ziga xos oziq moddalarni ajratish uchun sinovlarni o‘tkazishdir.

Kiritildi: 22:51 29.05.2024. O'qildi: 1086 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!