Toshkent shahar Chilonzor tumani Arnasoy ko‘chasidagi 17-uy manzilida joylashgan Sog‘liqni saqlash vazirligiga tegishli Perinatal markaz hamda Ona va bola tibbiyot markazi hozirda foydalanilmasdan turibdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bu yirik ob’ektlarda:
— davlat-xususiy sheriklik;
— ishonchli boshqaruv;
— ijaraga olish shakllaridan biri asosida investisiya, shu jumladan, xorijiy investisiya kiritish sharti bilan tibbiy faoliyatni tashkil etish yuzasidan takliflar qabul qilinayotganini e’lon qiladi.
Mazkur 2 ta ob’ekt yangidan qurilgan bo‘lib, investor ularni jihozlash, moliyalashtirish va uzoq muddat davomida tibbiy xizmatlar yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatishni tashkil etishi ko‘zda tutiladi. Mazkur investisiya loyihasini moliyalashtirish to‘liq investor mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, har haftaning payshanba kuni soat 14:00 dan 17:00 ga qadar talabgor kompaniyalar ob’ektlarni borib ko‘rishlari uchun ochiq eshiklar kuni deb belgilanadi.
"Kompaniyalar tomonidan investisiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflar va ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning batafsil tavsifi 2021 yil 11 martga qadar quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi
Pochta manzili: Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 12-uy
Elektron pochta manzili: info@minzdrav.uz
Telefon raqami: +998 99 877 88 63", deyiladi vazirlikning telegram kanalida.