Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sog‘ligi tufayli Samarada qoldirilgan aviayo‘lovchi O‘zbekistonga taksida yo‘lga chiqdi

Sog‘ligi tufayli Samarada qoldirilgan aviayo‘lovchi O‘zbekistonga taksida yo‘lga chiqdi

“Sankt-Peterburg – Urganch” parvozmining, sog‘ligi tufayli Samarada qoldirilgan yo‘lovchisi O‘zbekistonga taksida yo‘lga chiqdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, O‘zbekiston TIVga asosan. 

TIV xabari aytilishiga ko‘ra, sog‘ligi tufayli Samarada qoldirilgan yo‘lovchi shu kunning o‘zidayoq O‘zbekiston tomon taksida yo‘lga chiqqan. "Tashqi mehnat migrasiya xizmati uni vatanga qaytarish masalasini hal qilishga tayyor bo‘lganiga qaramasdan”, - deyilgan TIV xabarida.

Kecha, 4 noyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llarining “Sankt-Peterburg – Urganch” yo‘nalishida parvoz qilayotgan samolyoti yo‘lovchi sog‘ligi tufayli Samarada to‘xtashga majbur bo‘lgani haqida xabar qilgan edik. 

Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lovchi qon bosimi oshishi tufayli o‘zini yomon his qilgan.  Samara aeroportida samolyotni reanimasiya va tez yordam mashinalari kutib olgan, yo‘lovchiga kerakli yordam ko‘rsatilgan va u shifoxonaga joylashtirilgan. Soat 14:20 da samolyot parvozini davom ettirgan.

 

Kiritildi: 10:06 05.11.2019. O'qildi: 1804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!