"AQShning o‘z ittifoqchilaridan keskin yuz o‘girishi, dastlab Zelenskiy, keyin bizmi?", deyiladi maqolaning tag sarlavhasida.
Ukraina prezidentining urush davomidagi turli rollarini tahlil qilar ekan, Zelenskiy va Ukraina birinchi marta hech qanday rolga ega emas, deb yozadi nashr.
"Sobiq aktyor Volodimir Zelenskiy endi noma’lum spektaklda ekanligini, tan olishga majbur," deya qo‘shimcha qiladi Der Spiegel.
Nashrning qayd etishicha, "Tramp Ukrainaga bir ob’ekt sifatida qaraydi va uni tinchlantirish, bo‘lib olish hamda undan foydalanish borasida Vladimir Putin bilan kelishib olishni xohlaydi".
Shu bilan birga, maqolada aytilishicha, "Zelenskiyning Trampning e’tiborini qozonishga bo‘lgan urinishlari samarasiz bo‘ldi, buni AQSh prezidentining unga nisbatan keskin hujumlari ham tasdiqlaydi".