Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sochida kuchli yomg‘ir oqibatida federal trassa yopildi

Sochida kuchli yomg‘ir oqibatida federal trassa yopildi

Sochida kuchli yomg‘ir oqibatida Lazarevskiy tumanining ayrim hududlarni suv bosdi va federal trassa yopildi.
Kecha 24 sentyabr kechqurun boshlangan kuchli yomg‘ir tuni bilan davom etdi va uning oqibatida Buu daryosi sathi keskin ko‘tarilib ketdi va "Jubga - Sochi" federal trassasining Loo, Vardane va Buu posyolkalaridan o‘tgan qismini yopishga majbur bo‘ldi.
Sochi shahar meri avtomobilda yo‘lga chiqmoqchi bo‘lgan fuqarolarni vaqtincha uyda qolish haqida ogohlantiridi.
Kuchli yomg‘ir hali ham davom etmoqda, shamol tezligi 22 m/s yetmoqda.
Aytmoqchi, shu kunlarda Sochida "Formula-1, Rossiya Gran-Pri" poyga musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun ertalab boshlanishi rejalashtirilgan "Formula-2" musobaqasining birinchi poygasi ham kuchli yomg‘ir tufayli noma’lum muddatga qoldirildi.

Kiritildi: 18:07 25.09.2021. O'qildi: 1783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!