Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sobiq sportchi tug‘ilgan kunida fojiali tarzda vafot etdi

Sobiq sportchi tug‘ilgan kunida fojiali tarzda vafot etdi

Sobiq “Bellator” jangchisi Jaro Sheperdning 30 yoshga to‘lgani sharafiga o‘tkazilgan kecha hayotidagi oxirgi kun bo‘ldi.

"Evening Standard" xabariga ko‘ra, 11-iyul, shanba kuni soat tungi 10 lar atrofida Kensington hududida britaniyalik jangchi qonga belangan holda topilgan.

Voqea joyiga tez tibbiy yordam xodimlari darhol yetib kelgan bo‘lsa ham, sportchining hayotini saqlab qola olishmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Sheperd o‘sha oqshom tug‘ilgan kunini do‘stlari va oilasi, shu jumladan, onasi hamda yosh bolalar bilan hovlida nishonlagan.

Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, notanish kimsa Sheperdga hujum qilingan va bir necha marotaba pichoq urgan.

 

 

Kiritildi: 21:00 15.07.2020. O'qildi: 6432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!