Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Sobiq qirol o‘g‘lidan tonyapti va xotiniga katta pul va’da qilyapti

Malayziyaning sobiq qiroli Muhammad V sobiq rafiqasi – “Miss Moskva” unvoni sohibasi Oksana Voyevodinaga o‘g‘lini Islom dini qoidalariga asosan voyaga yetkazishni, buning uchun esa 195 ming fut-sterling homiylik mablag‘i ajratishni taklif qilmoqda. Shuningdek, 50 yoshli qirol o‘z o‘g‘li bilan o‘rtada hech qanday munosabatlar bo‘lmasligini ham talab qilmoqda. 

Bitimning yana bir sharti shundan iboratki, model ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yopishi va u yerdan sobiq turmush o‘rtog‘ining o‘g‘li bilan tushgan suratlarini o‘chirib yuborishi kerak. Gap shundaki, Oksana Voyevodina Instagram’da 570 mingdan ortiq foydalanuvchi kuzatadi. 

Bolaga ajratiladigan jamg‘arma mablag‘laridan tashqari sobiq qirol Oksana Voyevodinaga 10 oy davomida 100 ming AQSh dollari to‘lashga tayyor. Ammo Oksana bu mablag‘ga rozi emas. U sud qarori bilan bola qirolning o‘g‘li ekani va uning taxtga chiqish huquqini isbotlamoqchi. 

Sobiq qirol esa Oksana Voyevodinaning o‘g‘lidan tonib, u har qanday osiyolikning o‘g‘li bo‘lishi mumkinligini da’vo qilmoqda. 

Bundan avval Oksana intervyulardan birida uning nikohi homiladorlikning to‘rtinchi oyida buzilganligini aytgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda internetdan bilib olgan, u bilan shaxsan hech kim bog‘lanmagan. Voyevodina hech qanday rasmiy hujjat olmaganligini ta’kidlamoqda.

2018 yil noyabrda rossiyalik model va qirolning to‘yi bo‘lgan. Joriy yilning aprel oyida ayol islom dinini qabul qilib, Rixana ismini olgandi. Bir yarim oydan keyin to‘satdan qirol taxtdan voz kechdi.

21 may kuni oilada o‘g‘il farzand tug‘ildi, uning ismini Tenku Ismoil Leon Petr Bin Tenku Muhammad V Faris Petr deb qo‘yildi.

27 yoshli Oksana farzandiga qirol bilan Avtraliyadagi ta’til vaqtida homilador bo‘lgan. U Moskvadagi sudga murojaat qilib, o‘g‘lining otasini aniqlash uchun DNK testini topshirishni talab qilgan.  

Malayziyaning sobiq qiroli Muhammad V sobiq rafiqasi – “Miss Moskva” unvoni sohibasi Oksana Voyevodinaga o‘g‘lini Islom dini qoidalariga asosan voyaga yetkazishni, buning uchun esa 195 ming fut-sterling homiylik mablag‘i ajratishni taklif qilmoqda. Shuningdek, 50 yoshli qirol o‘z o‘g‘li bilan o‘rtada hech qanday munosabatlar bo‘lmasligini ham talab qilmoqda. 

Bitimning yana bir sharti shundan iboratki, model ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yopishi va u yerdan sobiq turmush o‘rtog‘ining o‘g‘li bilan tushgan suratlarini o‘chirib yuborishi kerak. Gap shundaki, Oksana Voyevodina Instagram’da 570 mingdan ortiq foydalanuvchi kuzatadi. 

Bolaga ajratiladigan jamg‘arma mablag‘laridan tashqari sobiq qirol Oksana Voyevodinaga 100 ming AQSh dollari to‘lashga tayyor. Ammo Oksana bu mablag‘ga rozi emas. U sud qarori bilan qirolning o‘g‘li ekani va uning taxtga chiqish huquqini isbotlamoqchi. 

Sobiq qirol Oksana Voyevodinaning o‘g‘lidan tonib, u har qanday osiyolikning o‘g‘li bo‘lishi mumkinligini da’vo qilmoqda. 

Bundan avval Oksana intervyulardan birida uning nikohi homiladorlikning to‘rtinchi oyida buzilganligini aytgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda internetdan bilib olgan, u bilan shaxsan hech kim bog‘lanmagan. Voyevodina hech qanday rasmiy hujjat olmaganligini ta’kidlamoqda.

2018 yil noyabrda rossiyalik model va qirolning to‘yi bo‘lgan. Joriy yilning aprel oyida ayol islom dinini qabul qilib, Rixana ismini olgandi. Bir yarim oydan keyin to‘satdan qirol taxtdan voz kechdi.

21 may kuni oilada o‘g‘il farzand tug‘ildi, uning ismini Tenku Ismoil Leon Petr Bin Tenku Muhammad V Faris Petr deb qo‘yildi.

27 yoshli Oksana farzandiga qirol bilan Avtraliyadagi ta’til vaqtida homilador bo‘lgan. U Moskvadagi sudga murojaat qilib, o‘g‘lining otasini aniqlash uchun DNK testini topshirishni talab qilgan, deydi "qalampir.uz".

Kiritildi: 07:30 08.11.2019. O'qildi: 3660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!