Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning hashamatli uyi 10 mlrd so‘mga sotuvga qo‘yildi

Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning hashamatli uyi 10 mlrd so‘mga sotuvga qo‘yildi

O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovning Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan uyi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Sobiq bosh prokurorning uyi 10 007 940 000 so‘m (o‘n milliard yetti million to‘qqiz yuz qirq ming so‘m) boshlang‘ich narx bilan ochiq savdoga chiqarilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hashamatli uy sobiq bosh prokurorning rafiqasi nomida bo‘lgan.

Rashid Qodirov 2019 yil iyun oyida 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima bilan jazolangan edi. U pora berishga dalolat qilish, firibgarlik, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan edi.

 

Kiritildi: 08:23 19.11.2019. O'qildi: 7555 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!