Huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev quyidagi eslatmani yozib qoldirdi.
Umid qilamanki, Sizlar xuddi ertalab 60 ming so‘mga ketishga jon deb rozi bo‘lib turgan, lekin tushdan keyin noinsoflarcha narxni 200 ming so‘mga sun’iy ko‘tarib olgan ayrim vijdonsiz taksichilarga o‘xshab qolmaysizlar.
Vijdonli bo‘ling, xodimlaringizni ishxonada ortiqcha ushlab o‘tirmang. Hozirgi sharoitda barcha xodimlar o‘z vaqtida uylariga ketishlari shart va zarur!
O‘zi shundoq ham ko‘plab yurtdoshlarimiz voyaga yetmagan farzandlari maktab va bog‘chaga bormayotgani uchun nima qilishni bilmay, o‘ylanib yurishibdi. Shu sababli xodimlaringizni 1 daqiqa bo‘lsa ham ishxonada ortiqcha ushlab qolishingiz, nafaqat qonunlarga xilof, balki noinsoflik ham.
18:00 dan hamma uyiga ketsin! Oila a’zolarimiz bag‘rida ko‘proq vaqt o‘tkazishimiz va har qachongidan ham ko‘proq bir-birimizga g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak".