Mazkur xizmatdan faqatgina pensiyaga chiqqan fuqarolar foydalanishlari mumkin.
Qayd etilishicha, endilikda pensionerlar my.gov.uz portali orqali onlayn “SMS-pensiya“ xizmatiga ulanishi, telefon raqam o‘zgargan bo‘lsa yangi raqam kiritishi mumkin.
"Telefon raqamingizni mazkur xizmatga ulaganingizdan so‘ng @pensiyauzbot boti orqali o‘z pensiyangiz miqdori to‘g‘risida ma’lumot olishingiz mumkin" — deyiladi xabarda.
Xizmatdan foydalanish uchun havola: my.gov.uz