Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Smartfonlardan tarqaladigan elektromagnit nurlari qanchalik xavfli?

Smartfonlardan tarqaladigan elektromagnit nurlari qanchalik xavfli?

Smartfonlarning odam salomatligiga zarari haqida bahslar uzoq vaqtdan beri davom etib kelmoqda.

Bu boradagi xavotirlar asossiz emas, deydi Rossiyada xizmat ko‘rsatgan shifokor Aleksandr Myasnikov. Uning fikricha, mobil telefonlardan chiqadigan radiasiya haqiqatan ham organizmga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ekstremal holatlarda miya saratoniga olib keladi, dedi u.

“Bu, ayniqsa, bolalar uchun xavfli. Simli yoki Bluetoothli quloqchinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Asosiysi, smartfonni boshingizdan uzoqroq tuting”, — dedi shifokor.

Shu bilan birga, Myasnikov zamonaviy dunyoda elektromagnit ta’sirdan butunlay qochish deyarli mumkin emasligini ta’kidladi. Jamiyat o‘zini turli xil elektron qurilmalarsiz tasavvur qila olmaydi. Bundan tashqari, tabiiy omillarni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

Shifokor elektr tarmoqlari ostida, radon manbalari bor joyda yashash tavsiya etilmasligini ta’kidladi.

Radon tabiiy radioaktiv gazdir. Uning rangi ham, hidi ham yo‘q. Gaz tuproqdan o‘tib, havo bilan aralashadi. Ochiq havoda u deyarli zararsizdir, lekin bino ichida radonning to‘planishi odam salomatligiga tahdid solishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hisob-kitoblariga ko‘ra, gaz 3 dan 14 foizgacha bo‘lgan holatlarda o‘pka saratoni holatlari kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, deb xabar beradi mir24.tv.

Kiritildi: 21:03 28.09.2023. O'qildi: 2762 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!