Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Slovakiyada poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida o‘nlab odamlar jarohat oldi

Slovakiyada poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida o‘nlab odamlar jarohat oldi

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, baxtsiz hodisa 9 noyabr kuni Bratislava va Pezinok shaharlari orasidagi temiryo‘l uchastkasida sodir bo‘lgan. Poyezdlardan biri ikkinchisining orqa qismiga urilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, poyezdlarda taxminan 800 kishi bo‘lgan, ularning asosiy qismi talabalardir. Xabar berilishicha, hodisa natijasida halok bo‘lganlar yo‘q, biroq o‘nlab odamlar jarohatlangan. 20 nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.

Bu Slovakiyada so‘nggi bir oy ichida temiryo‘lda sodir bo‘lgan ikkinchi yirik avariya hisoblanadi. 13 oktyabr kuni mamlakatning sharqiy qismida ham ikki poyezd to‘qnashib, qariyb 100 kishi jarohat olgan edi.

Kiritildi: 16:21 10.11.2025. O'qildi: 1259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!