Poytaxt Bratislava va mamlakatning boshqa shaharlarida o‘tkazilgan mitinglarda namoyishchilar hukumatni Rossiya tarafdorligida ayblab, Fisoning iste’fosini talab qilmoqda.
Koshise shahrida esa namoyish ishtirokchilari Slovakiya mudofaa vaziri Robert Kalinyakni “Rossiya oldida taslim bo‘lganlik”da aybladi.
Mitinglarni “Ukrainaga tinchlik” uyushmasi tashkil qilgan. Ushbu uyushma Ukraina qurolli kuchlari uchun mablag‘ yig‘ish bilan shug‘ullanadi. Faollar bosh vazir Robert Fisoning siyosati, jumladan, Kiyevga qurol yetkazib berishni to‘xtatish qarorini tanqid qilmoqda.
Slovakiyada ikki oydan ortiq vaqtdan beri norozilik namoyishlari davom etmoqda. Fiso esa iste’foga chiqish niyati yo‘qligini bildirgan va "chet el va Slovakiya muxolifati bilan aloqasi bor tuzilmalar" tomonidan davlat to‘ntarishi tayyorlanayotgani haqida ogohlantirgan edi.