Slovakiya hukumati yil oxirigacha Ukraina g‘allasi va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga taqiq joriy etilishini e’lon qildi.
“Slovakiya hukumati Ukrainadan bug‘doy, makkajo‘xori, kolza va kungaboqar urug‘larini olib kirishga qo‘yilgan taqiqni joriy yilning oxirigacha uzaytirdi”, — deb RIA Novosti mamlakat vazirlar mahkamasi bayonotidan iqtibos keltirmoqda.