Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini O‘zbekistonga keldi

A A A
Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini 29 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Peter Pellegrini faxriy mehmon sifatida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ishtirok etadi.

Kiritildi: 23:28 29.10.2025. O'qildi: 1150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!