Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Siyyarto: "Ukraina sabab uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkin"

Siyyarto: "Ukraina sabab uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkin"

Ukraina NATO uchun xavf tug‘dirmoqda, chunki uning hududida sodir bo‘layotgan mojaro alyansning Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuviga aylanib ketishi mumkin, dedi Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto.

"Ukraina hozirda xavf tug‘dirmoqda, chunki agar NATO va Rossiya Ukraina uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka kirishsa, bu uchinchi jahon urushining boshlanishini anglatadi," - deya uning Antaliyadagi alyans mamlakatlari norasmiy uchrashuvi chog‘idagi so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.

Siyyarto NATO a’zolarini Moskva bilan qarama-qarshilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi.

Vazir, shuningdek, alyans birinchi navbatda uchinchi davlatlar uchun emas, balki a’zo davlatlar uchun mudofaa bo‘lishi kerakligini eslatdi.

"Ukrainani himoya qilish Shimoliy Atlantika ittifoqini himoya qilish emas, hamjamiyatni himoya qilish emas, NATOni himoya qilish emas," - deya xulosa qildi Siyyarto.

Kiritildi: 17:55 15.05.2025. O'qildi: 671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!