“Siyosiy yuk”: Xarris jamoasi Baydenni saylovoldi tadbirlardan uzoqlashtirmoqda.
Axios nashri bunday chorani amaldagi prezidentning mashhur emasligi bilan bog‘lagan. FiveThirtyEight saytiga ko‘ra, Baydenni qo‘llash darajasi 39% ni tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, demokratlar 81 yoshli AQSh yetakchisining ko‘ngliga tegmasligi uchun u Xarrisni qo‘llab-quvvatlashi noo‘rinligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayta olmaydi.