Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Sitora Alimjonova 4 yil farzandsizlikdan azob chekkani, ayni damdagi farzand tarbiyasi haqida so‘zlab berdi

Sitora Alimjonova 4 yil farzandsizlikdan azob chekkani, ayni damdagi farzand tarbiyasi haqida so‘zlab berdi

Aktrisa Sitora Alimjanova turmush qurganidan so‘ng 4 yil davomida farzandsizlikdan azob chekkani, ona bo‘lish uchun juda ko‘p davolangani va tug‘ruq jarayonida ko‘zlari ko‘rmay qolgani haqida gapirib berdi.

— 4 yil davomida davolandim. Keyin yaqinlarim bu haqida hadeb o‘ylayvermaslikni maslahat berishdi. Hammasini “tashlab qo‘ydim”. Kutilmaganda Yaratgan g‘oyibdan farzand berdi.

Tug‘ruq jarayoniga kelsak, bu haqida so‘ramang (kuladi). O‘zi og‘riqqa umuman yo‘qman, tug‘ruq jarayonida ko‘zlarim xiralashib, oldimdagi odamlarni ko‘rmay qoldim. Bola tug‘ilishiga hali 6-7 soat borligini aytishganidan keyin og‘riqqa boshqa chiday olmasligimni bilib, kesarcha kesish muolajasini amalga oshirishlariga rozilik berdim. O‘zi bu jarayon haqida gapirib bo‘lmas ekan, yana homilador ayollarimiz qo‘rqib qolishmasin. Lekin hammasi o‘tib ketadi, buni ham bilishi kerak”, deydi aktrisa.

Ijodkor farzandli bo‘lganidan keyin ham juda ko‘p qiynalgani, hammaning farzandi 20 soat uxlab, 4 soat uyg‘oq bo‘lsa, uning farzandi 4 soat uxlab, 20 soat uyg‘oq bo‘lgani haqida aytib bergan. Aktrisa yosh onalarga farzandlarini tabiiy usul bilan oziqlantirishni maslahat berdi.

Kiritildi: 13:16 27.05.2021. O'qildi: 4302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!