"The Mirror" xabariga ko‘ra, Erling Holand Premyer-liganing eng ko‘p haq oluvchi o‘yinchisiga aylanishi mumkin.
Unga yangi shartnoma tayyorlanmoqda, unga ko‘ra u haftasiga 500 ming funt oladi.
Ayni paytda Kevin De Bryuyne ingliz klublarida eng yuqori maoshga ega – haftasiga 400 ming funt.
Holand bilan muzokaralardagi muammo sotib olish bandiga bog‘liq. Futbolchining vakillari 150 mln funtlik bandni saqlab qolmoqchi. "Manchester Siti" esa ushbu bandni olib tashlashni afzal ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, norvegiyalik futbolchi 2022 yildan buyon "Manchester Siti"da o‘ynab kelmoqda. Holand jamoa bilan Premyer-liga (2), Angliya Kubogi, Angliya Superkubogi, UEFA Superkubogi va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi.