Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

"Siti" dahshatli transferni yanvardayoq rasmiylashtirishga harakat qiladi

"Siti" dahshatli transferni yanvardayoq rasmiylashtirishga harakat qiladi

"Real" hujumchisi Vinisius Junior faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Topskills Sports UK ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. "Shaharliklar" hujumchini allaqachon yanvar oyida transfer qilishga tayyor, biroq zarurat bo‘lmasa yozgacha kutishi ham mumkin. Shu bilan birga, "Manchester Siti" "Chelsi", "Bavariya" va "An-Nasr" bilan raqobatda g‘alaba qozonishiga to‘g‘ri keladi.

Qayd etilishicha, Vinisius bilan shaxsiy shartnoma shartlari muammo tug‘dirmaydi, chunki u "Real"ni tark etishni istamoqda. Futbolchiga qiziqish bildirgan klublar transfer uchun 150 million yevro to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

Vinisius Junior 2018 yildan beri "Real" safida to‘p tepib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:37 19.01.2026. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!