Guliston tumanida ayol uyida ko‘knori parvarishlanayotgani aniqlandi. «Postda» nashrining xabar berishicha, Guliston tumani IIB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Beshbuloq mahallasidagi xonadonlardan birida ko‘knori parvarishlanayotgani aniqlandi. Shuningdek, uy egasi N. ismli ayol ushbu o‘simlikni atayin ekkani oshkor bo‘ldi.
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.