Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi bog‘chalarning birida bog‘chaning amaliyotchi xodimi 6 yoshli bolani jim qilish maqsadida unga bir necha bor igna sanchib qo‘rqitgan.
"Bu kun" informasion dasturida ma’lum qilinishicha, bolaga igna sanchgan qiz kasb-hunar kollejidan kelgan amaliyotchi xodim bo‘lib, u bog‘cha opa o‘rniga vaqtincha bolalarga qarab turgan va shu vaqt mobaynida bolani jim qilish uchun unga igna sanchishdan foydalangan. Keyin esa qiz qilgan ishi uchun bolaning ota-onasidan kechirim so‘ragan. Shuningdek, ekspertiza xulosasiga ko‘ra bolaga bir necha bor igna sanchilgani tasdiqlanib, amaliyotchi xodimga nisbatan BHMning bir baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.