Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Sirdaryoda uch kishi quduqdagi gazdan zaharlanib halok bo‘ldi

Sirdaryoda uch kishi quduqdagi gazdan zaharlanib halok bo‘ldi

Sayxunobod tumanida 67 yoshli erkak o‘z xonadonidagi 5 metr chuqurlikdagi quduqni tozalash uchun tushgan. U zaharli gazdan nafas olib, vafot etgan. Uni qutqarishga tushgan o‘g‘li va qo‘shnisi ham gazdan zaharlanib halok bo‘lgan.

Yana ikki kishi hushini yo‘qotgan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan. Voqea yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:16 26.05.2025. O'qildi: 1779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!