Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sirdaryoda savdo-logistika terminali tashkil etiladi

Sirdaryoda savdo-logistika terminali tashkil etiladi

“Sirdaryo viloyatida ixtisoslashtirilgan savdo-logistika terminalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (173-son, 19.03.2020 y.) qabul qilindi.
 
Qarorga muvofiq, savdo-logistika terminalini qurish uchun “Sirdaryo savdo logistika markazi” unitar korxonasiga Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi “Farovon” MFY hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi, istisno tariqasida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratiladi.

Loyihani amalga oshirish doirasida:

- 2020-2024 yillarda – 25 mln AQSh dollari miqdorida investisiya kiritiladi;

- kamida 200 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Davlat bojxona qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi va “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi bo‘limlari terminal hududida bepul joylashtiriladi.

Savdo-logistika terminalida bojxona, ekspress-laboratoriya, fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-epidimologiya, ekologik nazorat o‘tkazish va muvofiqlikni baholash hamda boshqa davlat xizmatlari “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatiladi.

Shuningdek, savdo-logistika terminalida davlat va tijorat xizmatlari, shu jumladan xalqaro logistika xizmatlari ko‘rsatiladi.

Kiritildi: 21:00 21.03.2020. O'qildi: 1526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!