Bugun 16 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Sirdaryoda og‘ir turdagi jinoyat sodir etgan shaxs qidirilmoqda

Sirdaryoda og‘ir turdagi jinoyat sodir etgan shaxs qidirilmoqda

Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahar Obod yurt mahallasida Samarqand ko‘chasi 8-uy, 7 xonadonda yashovchi 1975 yilda tug‘ilgan Xolto‘rayev Yo‘ldoshali Ashurovich og‘ir turdagi jinoyat sodir etganlikda gumonlanib qidirilmoqda. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.

Alohida belgilari: bo‘yi 170-175 sm atrofida, bug‘doy rangli, ozg‘indan kelgan, egnida sariq-ko‘k chiziqli ko‘ylak, qora rangli shim va oyog‘ida qora rangli tufli bo‘lgan.

Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘raladi.

Tel: 102 qisqa raqami, 67.343-52-22, 67.343-51-11, 78.221-02-73, 67.350-11-02, 88. 908-22-00

Xabar bergan shaxslarning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.

Kiritildi: Bugun 09:11. O'qildi: 652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!