Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Sirdaryoda “Kamaz” yonib ketdi

Sirdaryoda “Kamaz” yonib ketdi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida “Kamaz” yuk mashinasi yonib ketgan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 9 iyul kuni sodir bo‘lgan.

Shu kuni soat 22:08 da M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining Mirzaobod tumani “Oqoltin” MFY hududidan o‘tuvchi qismida harakatlanayotgan “Kamaz” yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Oqibatda, yuk mashinasining salon qismi, 4 ta balloni hamda kuzovi qisman yongan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 22:36 da o‘chirilgan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

“Barcha haydovchilardan, avtomashinalarini o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazishlarini va yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 17:01 10.07.2024. O'qildi: 845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!