Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sirdaryoda "Kamaz" va "Kobalt" to‘qnashdi. Bir kishi vafot etgan

Sirdaryoda "Kamaz" va "Kobalt" to‘qnashdi. Bir kishi vafot etgan

Joriy yilning 24 mart kuni soat 02:30 da Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 6-km.da “Toshkent-Termiz” yo‘nalishida haydovchi F.M. “Kobalt” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi SH.Q. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilishi natijasida YTH sodir bo‘lgan. 
Natijada “Kobalt” rusumli transport vositasining yo‘lovchisi A.A. ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Oqoltin tumani IIB TG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanganingizda “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz" deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.

 

Kiritildi: 08:31 25.03.2020. O'qildi: 2524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!