Sirdaryoda erkak kishi tanishini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
17 may kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida yashovchi B.T. o‘zaro janjal oqibatida tanishi O.Q.ning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada O.Q. kasalxonaga yotqizilgan. B.T. ushlangan.