Bugun 11 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Nyu-Yorkda 2001 yil 11 sentyabr terakti qurbonlari xotirasiga dronlar yordamida egizak minoralar ko‘rinishi qayta tiklandi

Nyu-Yorkda 2001 yil 11 sentyabr terakti qurbonlari xotirasiga dronlar yordamida egizak minoralar ko‘rinishi qayta tiklandi

Yorug‘lik tarqatuvchi dronlar egizak minoralarning siluyetlarini to‘liq hajmda qayta tiklandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, shouda foydalanilgan 2977 ta dron teraktda halok bo‘lgan insonlar sonini ramziy ma’noda ifodaladi. “Gudzon uzra 2977 ta chiroq” deb nomlangan loyiha Sky Elements tomonidan Nyu-York san’at fondi ko‘magida tashkil etildi.

2001 yilda “Al Qoida”ga aloqador 19 nafar terrorchi to‘rtta yo‘lovchi samolyotini olib qochib, ulardan ikkitasini Jahon savdo markazining egizak minoralariga, yana birini Pentagon binosiga urgan. To‘rtinchi samolyot esa yo‘lovchilarning terrorchilarga qarshi chiqishi ortidan Pensilvaniyadagi dalaga qulagan.

Kiritildi: Bugun 12:49. O'qildi: 747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!