AQSh prezidenti Donald Tramp Yamandagi husiylarga qarshi zarbalar berishdan bosh tortdi.
Bu haqda Axios nashri AQSh rasmiysiga tayanib xabar bermoqda.
"Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon prezident Trampga ikki marta qo‘ng‘iroq qilib, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan guruh Qizil dengizdagi strategik nuqtaga yaqinlashayotgan bir paytda husiylarga qarshi zarbalar berishni so‘radi", deyiladi xabarda.
Portalga ko‘ra, Oq uy rahbari rad javobini bergan va AQSh rasmiylari ma’muriyatning husiylar ishlariga bevosita aralashish rejasi yo‘qligini ta’kidlagan.