Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sirdaryoda dahshatli qotillik sodir etgan sobiq IIB xodimiga hukm o‘qildi

Sirdaryoda dahshatli qotillik sodir etgan sobiq IIB xodimiga hukm o‘qildi

Sirdaryo viloyatida uch kishini o‘ldirib, ular yashagan uyga qo‘shib yoqib yuborgan shaxsga nisbatan hukm o‘qildi.

Sirdaryo tumanida o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan ayolni pilka yordamida, uning yosh farzandi va keksa onasini esa bo‘g‘ib o‘ldirgan hamda jinoyat izini yo‘q qilish maqsadida marhumlar murdasi yotgan xonalarni yoqib yuborgan shaxsga hukm o‘qildi. Qotillik qurboni bo‘lganlar – ayol 39, o‘g‘li 12 va onasi 73 yoshda bo‘lgan.

Sud hukmida keltirilishicha, jinoyatni 1989 yilda tug‘ilgan M.SH. sodir etgan. U 2022 yil yanvar oyidan Sirdaryo viloyat IIB JXX JTSB maxsus qabulxona navbatchilik qismi inspektori lavozimida ishlab kelgan va 2023 yil dekabr oyida o‘z arizasiga asosan lavozimidan ozod qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, qotil ayol bilan tanish bo‘lgan va u bilan ma’lum muddat birga yashagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudining hukmiga asosan Muxtor Sharafbayev Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «v» bandi, 97-moddasi (qotillik) 2-qismi «v, r» bandlari, 169-moddasi (o‘g‘rilik) 1-qismi va 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 09:03 15.10.2024. O'qildi: 1571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!