Avvalroq, Sirdaryo viloyat IIB Xovos tumanida 17 yashar o‘quvchi qiz bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergan edi. Kecha, 5 avgust kuni ma’lum qilinishicha, qiz topilgan.
Unga ko‘ra, 24 iyul kuni yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib bedarak yo‘qolgan Xakimova Manzura Bekpolat qizi topilib ota-onasiga sog‘-salomat topshirildi.
Ushbu fuqaroni topishda ko‘maklashgan fuqarolar 5 million so‘m pul mablag‘i bilan mukofotlanishi hamda ma’lumot bergan shaxslarning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanishi aytilgan edi.
“Qidiruvda ko‘mak bergan barcha fuqarolarga Sirdaryo viloyati IIB jamoasi nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, — deyiladi xabarda.