Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Sirdaryoda ayanchli fojia: 6 nafar fuqaro tiriklay yonib ketdi

A A A
Sirdaryoda ayanchli fojia: 6 nafar fuqaro tiriklay yonib ketdi

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda bir oilaning olti nafar a’zosi qurbon bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 17 fevral kuni soat 02:40da tumandagi Sardoba shaharchasi Robot ko‘chasidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in natijasida uyning kirish yo‘lagi va yotoqxonasining 40 kv.m maydondagi uy jixozlari yongan.

Yong‘in soat 03:00da o‘rab olinib, soat 03:45da o‘chirilgan. Buning oqibatida ushbu uydagi 6 nafar fuqarolar halok bo‘lishgan.

Vafot etgan fuqarolar: B.Z. 1972 y.t. (uy egasi), N.X., 1976 y.t. (turmush o‘rtog‘i), O.SH., 1996 y.t. (qizi), O.D., 2006 y.t. (qizi),O.A., 2010 y.t. (o‘g‘li), N.N., 2018 y.t. (nabirasi).

Voqea joyiga FVV rahbariyati, viloyat FVB, IIB, prokuratura, tuman FVB, Ssb xodimlari, IIB tergov tezkor guruhi hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:45 17.02.2020. O'qildi: 4399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!