Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Sirdaryo viloyatidagi portlash yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Sirdaryo viloyatidagi portlash yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Oldinroq Sirdaryo viloyatida portlash ovozi eshitilgani haqida xabar bergandik. FVV Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan birlamchi ma’lumot berdi.

"Bugun 7 oktyabr kuni soat 08:13 da Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni yorilishi sodir bo‘ldi. 

Hosil bo‘lgan kinetik zarba to‘lqinidan bino oynalari parchalanib,  fuqarolarga tan jarohati yetgan. Ta’kidlash joizki, zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli xizmatlarning xodimlari voqea joyiga yetib borib, fuqarolarni xavfsiz hududga ko‘chirdilar. Mazkur hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar aniqlanmagan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan".

Kiritildi: 09:29 07.10.2020. O'qildi: 6847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!