Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Sirdaryo viloyatida 5 mlrd 25 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan sex fosh etildi

Sirdaryo viloyatida 5 mlrd 25 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan sex fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyer shahri bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Y.Z.” MCHJ mas’ul shaxslari “A.Jomiy” MFY hududididagi ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagich priborlaridan tashqari yashirincha ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 5 mlrd 25 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:01. O'qildi: 224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!