Bu savolga "Joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, yangi elektr tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari" mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida javob izlandi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo viloyati hududiy filiali direktori Abduxalil Xaydarovning ta’kidlashicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida viloyatda 1 731 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 715 dona transformator punkti joriy, 900,5 kilometr tarmoq va 322 ta transformator mukammal ta’mirlangan.
Shuningdek, viloyatdagi 102 ta mahallada olib borilgan rekonstruksiya ishlari davomida 4 652 dona temir-beton ustunlar, 248 kilometr elektr uzatish tarmoqlari hamda 110 ta transformator punkti rekonstruksiya qilindi, ayrimlari yangilandi.
Elektr energiya ta’minotida kuzatilishi mumkin bo‘lgan uzilishlarni bartaraf etish uchun 75 ta past kuchlanishli transformator, 20 tonna transformator moyi, 4,9 tonna ochiq sim, 16,8 kilometr kabel, 100 dona kabel muftalari, 252 dona avtomat, 567 dona rubilniklardan iborat qurilma va zarur materiallar zaxirasi yaratilgan.