Singapur 2006 yildan beri 12-marta global xavfsizlik reytingida birinchi o‘rinni egalladi, deya xabar beradi Sinxua.
Bu haqda Gellap institutining Global xavfsizlik hisobotida aytiladi.
2024 yilda singapurliklarning 98 foizi tunda yolg‘iz yurganda o‘zini xavfsiz his qilishini aytdi. Bu Gellap tomonidan qayd etilgan dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Hisobotda qayd etilishicha, singapurliklar doimiy ravishda yuqori darajadagi xavfsizlikni saqlab kelgan.
So‘rov shuni ko‘rsatdiki, erkaklar va ayollar bir xil darajada o‘zlarini xavfsiz his qiladilar: 2024 yilda erkaklarning 98 foizi va ayollarning 97 foizi o‘zini xavfsiz his qilgan.
Hisobotda bu ko‘rsatkichlar jinoyatchilik darajasining pastligi, huquq-tartibotning samarali ta’minlanishi va jamoat tartibining yuqori darajasi bilan izohlanadi.