Bugun 21 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Sindzo Abeni o‘ldirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Sindzo Abeni o‘ldirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abeni o‘ldirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar bermoqda NHK telekanali.

Tergov davomida Yamagami jinoyatga qo‘l urish sababini Abening “Birlashuv cherkovi”ga aloqadorligiga ishongani bilan izohlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Yamagamining onasi ushbu diniy tashkilot tarafdori bo‘lib, deyarli barcha mol-mulkini cherkovga topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, qotillik sobiq harbiy dengizchi Tesuya Yamagami tomonidan 2022 yil 8 iyul kuni sodir etilgandi.

67 yoshli sobiq bosh vazir Yaponiyaning Nara shahrida nutqi so‘zlayotgan vaqtida jinoyatchi orqa tomondan unga qo‘lbola quroldan ikki marta o‘q uzgan.

Tajovuzdan so‘ng siyosatchi og‘ir ahvolda vertolyotda kasalxonaga olib ketilgan edi.

Kiritildi: Bugun 14:34. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!