Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi parvozlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish funksiyasini ishga tushirdi. Endi yo‘lovchilar reysning rejalashtirilgan jo‘nash vaqtidan 24 soat oldin mavjud bo‘lgan www.silk-avia.com rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Xizmat yo‘lovchilarga bortga chiqish talonlarini oldindan olish, o‘zlari uchun ma’qul o‘rindiqlar va qo‘shimcha xizmatlarni tanlash imkonini beradi. Bu qulay xizmat bo‘lib, yo‘lovchilarga ayeroportda bo‘lish muddatini qisqartirish va gavjum soatlarda navbatlardan qochish imkonini beradi.
Yangi funksiyadan foydalanish uchun yo‘lovchi www.silk-avia.com saytidagi “onlayn ro‘yxatdan o‘tish” yorlig‘iga o‘tishi kerak. Ochilgan sahifada lotin tilida chiptani bron qilish raqami va familiyani kiritish kerak. Shundan so‘ng, chipta sotib olingan reys haqida ma’lumot paydo bo‘ladi. Shuningdek, sahifada qo‘shimcha xizmatlarni sotib olish imkoniyati bo‘ladi — bagajni ko‘paytirish, sport jihozlari va hayvonlarni tashish. Barcha jarayonlarni tugatgandan so‘ng, yo‘lovchi bortga chiqish talonini elektron shaklda yuklab olishi mumkin bo‘ladi. AYEroportda elektron bortga chiqish talonini chop etish kerak bo‘ladi. Buni ikki yo‘l bilan amalga oshirish mumkin: O‘zbekistondagi barcha ayeroportlar terminallarida o‘rnatilgan Reprint qurilmalari yordamida mustaqil ravishda yoki ro‘yxatdan o‘tish joyida pasportni ko‘rsatish orqali.
Eslatib o‘tamiz, Silk Avia yo‘lovchilari avvalgidek O‘zbekistondagi barcha ayeroportlar terminallarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Aviakompaniya xizmatlari va tariflari bilan aviakompaniyaning www.silk-avia.com rasmiy veb-saytida yoki +99855 501-22-12 raqami orqali tanishishingiz mumkin.