Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Sifat yevropacha, narx esa hamyonbop — Turkiya tog‘-chang‘i kurortida dam olishga nima deysiz?

Sifat yevropacha, narx esa hamyonbop — Turkiya tog‘-chang‘i kurortida dam olishga nima deysiz?

Turkiya turizmi, odatda, an’anaviy ravishda dengiz, jazirama quyosh va qadimiy shaharlarga sayohatlar bilan bog‘liq.

Turkiyaning qorli tog‘ yonbag‘irlari, tog‘ chang‘isi va baland tog‘lardagi mehmonxonalari haqida esa juda kam insonlar biladi. Ammo stereotiplardan farqli o‘laroq, qishda ushbu mamlakatga boradiganlar hech ham afsuslanmaydilar.

Tog‘-chang‘i kurortlari Turkiya uchun nisbatan yangi yo‘nalish bo‘lsa-da, hozirda turizmning bu yo‘nalishi jadal rivojlanib bormoqda. Har yili tog‘ cho‘qqilarida ko‘plab yangi mehmonxonalar qurilmoqda, tog‘ yon bag‘irlari bo‘ylab yangi tog‘-chang‘i yo‘laklari tashkil etilmoqda. Turkiyadagi tog‘-chang‘i kurortlarining asosiy afzalligi narx va sifatning uyg‘unligi hisoblanadi. Ya’ni xizmat ko‘rsatish yevropacha, narxlar esa hamyonbop.

Turkiyada o‘nga yaqin tog‘-chang‘i kurortlari mavjud bo‘lib, ular asosan 3100 metr balandlikda joylashgan. Mamlakatdagi eng mashhur tog‘ kurortlari Uludag‘, Sarikamish, Palandoken va Kartalkaya hisoblanadi. Deyarli barcha tog‘ kurortlarida turizm mavsumi dekabrdan martgacha davom etadi.

Nizomjon Islomov tayyorladi.

Kiritildi: 11:30 14.01.2022. O'qildi: 2591 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!